OZ PLANET ANORBANK’ni raqamli platformasiga uladi
2024-yil 6-dekabrda OZ PLANET raqamli platformasiga yangi faktor — O‘zbekistondagi birinchi raqamli bank bo‘lgan ANORBANK qo‘shildi. Bank mijozlari bank xizmatlaridan faqat onlayn rejimda foydalanadilar va endi faktoring ularga tanish bo‘lgan raqamli formatda mavjud bo‘ldi.
Bank zamonaviy texnologiyalarni afzal ko‘radigan va kunning istalgan vaqtida va istalgan joydan xizmatlar olishni xohlaydigan mijozlarga qaratilgan. Raqamli formatdagi faktoring bankni kichik va o‘rta biznes uchun yanada jozibador qiladi. ANORBANK rahbariyati mijozlarga xizmat ko‘rsatishda soddalik va xavfsizlikka alohida e’tibor beradi. OZ PLANET raqamli platformasida faktoringni taqdim etish orqali bank mijozlarga arizalarni tez qabul qilish, elektron hujjat aylanishi xavfsizligi va 24 soat ichida moliyalashtirishni olish imkonini beradi. OZ PLANET raqamli platformasiga ulanish bankning mijozlar bazasini yanada oshiradi va xizmatlar geografiyasini kengaytiradi.
OZ PLANET bosh direktori Aleksandr Bogdanov shunday deydi: «Bizning raqamli platformamiz faktoring bitimining butun jarayonini optimallashtiradi. Platformada shartnomalarni avtomatik tuzish va bitimlarni rasmiylashtirish faktoringni uning barcha ishtirokchilari uchun qulay qiladi. Bu biznesni raqamlashtirish sharoitida banklarga ustunlik beradi. Biz banklarga (faktorlarga) debitorlarni jalb qilish va yetkazib beruvchilarni mijoz sifatida kuzatib borishda yordam beramiz, arizalarni avtomatik saralaymiz, hujjatlarni to‘playmiz va tekshiramiz, moliyalashtirish portfeli bo‘yicha hisobotlarni yuklab olish imkoniyati bilan tahliliy ma’lumotlarni taqdim etamiz. Biz platforma dasturiy ta’minotini o‘z vaqtida yangilab boramiz».
«Anorbank» AT (ANORBANK) — O‘zbekistondagi birinchi raqamli tijorat banki, 2020-yil sentyabr oyida tashkil etilgan. ANORBANK O‘zbekistonning jamlangan bank sektoridagi aktivlar va kreditlarning 1 foizini hamda depozitlarning 2 foizini tashkil qiladi. Bank keng turdagi bank xizmatlarini, asosan, onlayn tarzda taqdim etadi. Bankning yagona filiali (shtab-kvartirasi) Toshkent shahrida joylashgan bo‘lib, 24 soatlik aloqa markazi mijozlarga yordam ko‘rsatadi.
2023-yilda bank o‘zining savdo markazlarida naqd pul operatsiyalari uchun oflayn kassalar ochdi. Xuddi shu yili «HR-Brand Central Asia Award» tanlovida ANORBANK «Region» nominatsiyasida ikkinchi o‘ringa sazovor bo‘ldi. Hozirgi vaqtda bank korporativ moliyalashtirish hamda kichik va o‘rta biznesni moliyalashtirish segmentini rivojlantirishga intilmoqda.
